Orqaga·🇺🇿 Oʻzbekiston·Bozorlar·Bozor profili

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 63,6 mlrd dollargacha kamaydi

1-noyabr holatiga koʻra Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari 63,62 mlrd dollarni tashkil etib, oktabr oyi davomida 2,96 mlrd dollarga qisqardi.

Bu yil boshidan buyon qayd etilgan eng past koʻrsatkichdir. Asosiy pasayish oltin zaxirasiga toʻgʻri keldi, uning qiymati 58,04 mlrd dollarga yetdi — bu oktabr oyi boshidagiga qaraganda 2,04 mlrd dollarga kam. Shu bilan birga, oltinning fizik hajmi 454,1 tonnagacha oʻsdi, biroq oy davomida qimmatbaho metallning jahon narxi bir troy unsiyasi uchun 200 dollardan ortiqqa arzonlashgani sababli uning umumiy qiymati tushib ketdi.

Zaxiraning valyuta qismi esa 5,01 mlrd dollargacha qisqarib (-15,5%), maʼlumotlar eʼlon qilinishi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi. Xorijiy qimmatli qogʻozlar qiymati 32 foizga tushib, 1,148 mlrd dollarni tashkil etdi.

Eslatilgan kompaniyalar

Manbalar