Orqaga·🇺🇿 Oʻzbekiston·Bozorlar·Bozor profili

Toshkentdagi Yangi Bank binosi 111,3 mlrd soʻmga sotildi

spot.uz maʼlumotlariga koʻra, 9-noyabr kuni E-auksion savdolarida bankrot boʻlgan Yangi Bankning Toshkent markazidagi binosini Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli Kapital Loyihalar Guruhi kompaniyasi sotib oldi.

Amir Temur shoh koʻchasida joylashgan 2017-yilda qurilgan besh qavatli bino 111,3 mlrd soʻmga — boshlangʻich bahosidan 5% qimmatroqqa sotildi. Auksion 13 daqiqadan sal koʻproq davom etdi va yagona taklifni Kapital Loyihalar Guruhi kiritdi. Binoning umumiy maydoni 3648 kv. m ni tashkil etadi.

Yangi Bank tugatish komissiyasi ushbu obyektni ilk bor 2026-yilning iyun oyida savdoga chiqargan edi. Dastlab bino 163,3 mlrd soʻmga baholangan, ammo uning narxi bir necha bor pasaytirilgan. Markaziy bank 2026-yil 15-yanvarda bankning litsenziyasini bekor qilgan edi. Aktivlarni sotishdan tushgan mablagʻlar kreditorlarning talablarini qondirishga yoʻnaltiriladi.

Manbalar