Freedom Holding Corp. 2026-yil 30-sentabrda yakunlangan 2027-moliyaviy yilning ikkinchi choragi boʻyicha moliyaviy natijalar haqida hisobot berdi. Xolding tushumi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 81 foizga oʻsib, 910,1 mln dollarga yetdi. Bu haqda SEC uchun rasmiy hisobotda va kompaniyaning press-relizida maʼlum qilingan.
Xuddi shu davrda sof foyda 29 foizga — oʻtgan yilgi 35,7 mln dollardan 46,1 mln dollargacha oʻsdi. 30-sentabr holatiga koʻra xolding aktivlari 16,61 mlrd dollarni tashkil etdi — bu mart oyi oxiriga nisbatan (13,16 mlrd dollar) 26 foizga koʻp.
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, oʻsishni birinchi navbatda bank va sugʻurta segmentlari taʼminlagan. Bank yoʻnalishining tushumi 182 foizga — 298,1 mln dollargacha, sugʻurta yoʻnalishiniki esa 133 foizga, 299,2 mln dollargacha oʻsdi. Shu bilan birga, brokerlik tushumi 5 foizga pasayib, 222,2 mln dollarni tashkil etdi.
Sentabr oyi oxirida bank segmenti mijozlari soni 5,934 mln kishiga yetdi va aprel oyida boshlangan moliyaviy yildan beri 908 ming kishiga koʻpaydi. Brokerlik segmenti bazasi 907 ming foydalanuvchigacha oʻsdi (avval 858 ming edi).
Garchi Freedom Holding AQShda roʻyxatdan oʻtgan va Amerika birjasida savdo qilsa-da, uning asosiy operatsion aktivlari Qozogʻistonda toʻplangan.