Qozogʻistonda 7-sentabrdan boshlab Ijtimoiy kodeksga kiritilgan oʻzgartirishlar kuchga kirdi, ular YAPJ omonatchilariga avvalgi cheklov oʻrniga oʻz pensiya jamgʻarmalarining 100 foizigacha qismini xususiy investitsiya portfeli boshqaruvchilariga ishonchli boshqaruvga berish imkonini beradi.
Omonatchilar endi oʻtkaziladigan mablagʻlar hajmini mustaqil ravishda belgilashlari, bir yoki bir nechta boshqaruvchini hamda bir yoki bir nechta investitsiya portfelini tanlashlari mumkin. Boshqaruvchilar xavf darajasi va kutilayotgan daromadliligi boʻyicha farqlanuvchi uch turdagi: konservativ, oʻrtacha va xatarli portfellarni shakllantirishlari mumkin.