Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-avgust holatiga mamlakatda 75,6 milliondan ortiq bank kartasi, 453 mingta
toʻlov terminali hamda 47 mingdan ziyod bankomat va infokiosk muomalada boʻlgan. 2026-yilning dastlabki yetti oyida toʻlov terminallari orqali tushumlar 387 trln soʻmdan oshdi. Visa Token Service (VTS) Visaʼning 10 ta hamkor banki tomonidan yoʻlga qoʻyilgan, Visa Direct esa 23 ta bank tomonidan joriy etilgan va Payme ilovasida mavjud.