2027-yil aprelidan boshlab Oʻzbekistonda pensiya toʻlovlarini nafaqat bank kartasiga, balki bankning mobil ilovasidagi elektron hamyonga ham oʻtkazish mumkin boʻladi, bu prezidentning 28-sentabrdagi qarorida koʻzda tutilgan.
2027-yil aprelidan boshlab Oʻzbekistonda pensiya toʻlovlarini bank kartasiga yoki bankning mobil ilovasidagi pensiya elektron hamyoniga oʻtkazish mumkin boʻladi. Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda pensiya toʻlovlarini tijorat bankining yagona hisobi orqali moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etishi lozim. 2026-yil 1-noyabrdan boshlab pensionerlarga bank kartalarini ochish xizmatlari Face ID biometrik identifikatsiyasidan foydalangan holda koʻrsatilishi kerak.
Shu bilan birga, ish beruvchilar zimmasiga 2026-yil 1-noyabrgacha imtiyozli pensiya huquqini beruvchi maxsus mehnat staji va mehnat sharoitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni «Yagona milliy mehnat tizimi» elektron tizimiga kiritib borish majburiyati yuklanadi. 2027-yil 1-yanvardan fuqarolar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali pensiya toʻlovini naqd shaklga oʻtkazish boʻyicha murojaat qilishlari mumkin boʻladi.