2026-yil 1-oktabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda umumiy aktivlari 21,75 trln soʻm boʻlgan 142 ta mikromoliya tashkiloti faoliyat koʻrsatmoqda.
Ulardan 86 tasining aktivlari 10 mlrd soʻmdan oshadi. Ushbu guruh hissasiga 21,54 trln soʻm yoki soha jami aktivlarining qariyb 99 foizi toʻgʻri keladi. Mazkur tashkilotlarning sof kreditlari 19,35 trln soʻmni tashkil etadi.
Yirik tashkilotlar tomonidan kreditlar, qarzlar va lizing koʻrinishida jalb qilingan mablagʻlar 13,67 trln soʻmga yetmoqda. Sohaning jami majburiyatlari 17,27 trln soʻmni tashkil etib, shundan 17,20 trln soʻmi 86 ta yirik tashkilot hissasiga toʻgʻri keladi.