UZCARD, Hamkorbank va “Nasaf” futbol klubi klub muxlislari uchun uy uchrashuvlariga kirish ruxsatnomasi hamda oddiy bank kartasi sifatida ishlaydigan Fan Card kartasini chiqardi.
Karta barcha xohlovchilar uchun ochiq. Mavsumiy abonementga ega boʻlganlar uni Fan Cardʼga biriktirib, turniketdagi validatorga kartani tekkizgan holda uy uchrashuvlariga kirishlari mumkin. Qolgan vaqtlarda esa Fan Cardʼdan xaridlar, onlayn toʻlovlar va pul oʻtkazmalari uchun oddiy UZCARD bank kartasi sifatida foydalanish mumkin.
Kartani 24 va 25-oktabr kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha “Nasaf” FK stadionidagi maxsus tarqatish punktlarida olish mumkin.