Oʻzbekiston Milliy banki yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun goʻyoki toʻlanmagan jarimalarni toʻlash talabi bilan YHXX nomidan yuborilayotgan firibgarlik SMS-xabarlaridan ogohlantirdi.
Firibgarlar jarimalarni toʻlash havolalari koʻrsatilgan SMS-xabarlarni tarqatmoqda, mazkur havolalar esa shaxsiy maʼlumotlar hamda bank kartasi rekvizitlarini oʻgʻirlashga moʻljallangan soxta saytlarga olib boradi. Oʻzmilliybank shubhali xabarlardagi havolalarga kirmaslikni, jarimalar haqidagi maʼlumotlarni faqat rasmiy davlat xizmatlari orqali tekshirishni va notanish saytlarda bank kartasi maʼlumotlarini kiritmaslikni tavsiya qiladi. Savollar tugʻilganda 1344 yoki (78) 148-00-10 raqamlari orqali aloqa markaziga murojaat qilish mumkin.