2026-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekiston tijorat banklari 59,2 ming nafar fuqaroga uy-joy sotib olish uchun 18,3 trln soʻmlik ipoteka kreditlari ajratdi — bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 trln soʻmga koʻpdir.
Ajratilgan kreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari moliyalashtirish manbasiga qarab 16,9% dan 21,6% gacha oʻzgardi. Ipoteka kreditlashining 74% qismi birlamchi uy-joy bozoriga, 26% qismi esa ikkilamchi bozorga yoʻnaltirildi. 18–30 yoshdagi qarz oluvchilar umumiy sonning 26% ini, 31–50 yoshdagilar esa 64% ini tashkil etdi.