Oʻzbekiston prezidentning maxsus qarorlari asosida yirik va strategik korxonalarni xususiylashtirishda davlatning “maxsus ishtiroki”ni saqlab qolish amaliyotini joriy etmoqda.
Ushbu huquq xususiylashtirish boshlanishidan oldin majburiy tarzda eʼlon qilingan holda milliy xavfsizlik, ijtimoiy barqarorlik va aholi manfaatlarini himoya qilish uchun qoʻllaniladi. Yirik oliy taʼlim muassasalari va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari xoʻjalik jamiyatlariga aylantiriladi hamda ochiq savdolarda aksiya paketlarini sotish orqali xususiy investorlar jalb etiladi. 1-oktabrdan boshlab davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan kompaniyalar aksiyalariga boʻlgan huquqlar hisobi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan yuritiladi.