Oʻzbekiston prezidenti bojxonani 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi, u xorijiy valyutani deklaratsiyasiz olib chiqish limitini amaldagi 100 mln soʻmdan ekvivalenti 10 ming dollargacha oshirishni koʻzda tutadi.
Bunday olib chiqishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini 2027-yil dekabr oyi oxirigacha ishlab chiqish topshirildi. Strategiya, shuningdek, oʻzbekistonliklarning xorijda roʻyxatdan oʻtgan avtomobillarni bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlagan holda shaxsiy maqsadlarda vaqtincha olib kirish huquqini ham nazarda tutadi. Bundan tashqari, import bojxona rasmiylashtiruvining oʻrtacha vaqtini 4 soat 10 daqiqadan 2 soatgacha, eksportnikini esa 2 soat 20 daqiqadan 30 daqiqagacha qisqartirish rejalashtirilmoqda.