Oʻzbekiston Markaziy banki boshqaruvi 4-noyabr kuni asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi va yil oxiriga umumiy inflyatsiya prognozini oshirish tomonga qayta koʻrib chiqdi.
Regulyator yuqori ichki talab, energiya resurslari narxi bilan bogʻliq tashqi xatarlar hamda ayrim tartibga solinadigan narxlarning oshishi sababli inflyatsiya prognozini 7% gacha koʻtardi. Sentabr oyi yakunlariga koʻra, umumiy inflyatsiya yillik hisobda 6,4 foizni, bazaviy inflyatsiya esa 5,5 foizni tashkil etdi.
Markaziy bank investitsiyaviy faollik va aholi real daromadlarining oʻsishi hisobiga iqtisodiy oʻsish 8 foizgacha tezlashishini kutmoqda. Regulyatorning prognoz qilishicha, narxlar oshishining toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiri 2027-yilda tugaydi va oʻshanda umumiy inflyatsiya maqsadli 5 foizgacha pasayishi mumkin.