Orqaga·🇺🇿 Oʻzbekiston·Infratuzilma·Bozor profili

Oʻzbekiston Markaziy banki Societe Generale vakolatxonasini akkreditatsiyadan oʻtkazdi

@centralbankuzbekistan Telegram-kanali maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Markaziy banki moliya bozori tashkilotlari, davlat organlari va xususiy sektor bilan munosabatlarni rivojlantirish maqsadida Fransiyaning Societe Generale banki vakolatxonasini akkreditatsiyadan oʻtkazdi.

Vakolatxona bank hamda Oʻzbekiston moliya bozori ishtirokchilari, davlat organlari, moliya institutlari va xususiy sektor oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, hamkorlikni kengaytirish bilan shugʻullanadi.

Avvalroq Societe Generale vakillari bankning Oʻzbekiston moliya bozoridagi faoliyati, mamlakatdagi islohotlar va investitsiya muhitini muhokama qilish uchun Markaziy bank rahbariyati bilan uchrashgan edi.

Manbalar