Oʻzbekiston Markaziy bankining 2026-yilning ikkinchi choragidagi ishbilarmonlik muhiti boʻyicha soʻrovi natijalariga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tadbirkorlarning 65 foizi biznes yuritish sharoitlari yaxshilanganini qayd etdi.
Iqtisodiy faollikning asosiy koʻrsatkichlari orasida: respondentlarning 55 foizi buyurtmalar hajmi oshganini, 54 foizi ishlab chiqarish hajmi oʻsganini, 49 foizi esa qoʻshimcha ishchi kuchiga talab ortganini maʼlum qildi. Kelgusi chorak uchun esa tadbirkorlarning 81 foizi uch yil davomida iqtisodiy va ishbilarmonlik sharoitlari yanada yaxshilanishiga ishonch bildirdi.