Oʻzbekiston Markaziy bankining Bank nazorati qoʻmitasi oktabr oyida qonunchilik va prudensial meʼyorlarga rioya qilmagani uchun sakkizta kredit tashkilotiga jarima choralarini qoʻlladi.
Jarima 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan qoʻllandi. Yana bitta bank va bitta MHT ogohlantirish oldi. Sanksiyalar tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklar hamda regulyator koʻrsatmalariga rioya etilmagani sababli tatbiq etildi.
Oktabr oyida Bank nazorati qoʻmitasi oltita yigʻilish oʻtkazib, 43 ta masalani, jumladan, roʻyxatga olish va ruxsat berish tartib-taomillari, shuningdek, kredit va toʻlov tashkilotlarining moliyaviy holatiga doir masalalarni koʻrib chiqdi.