Oʻzbekiston Markaziy banki tijorat banklari va toʻlov tashkilotlariga naqd pul berilmasdan hisoblardan mablagʻ yechib olingani haqidagi shikoyatlarni har tomonlama tekshirish talabi bilan ochiq xat yoʻlladi.
Shikoyatlarni oʻrganish chogʻida regulyator mablagʻ kartadan yechib olinganidan soʻng isteʼmolchilar naqd pulni ololmagan holatlarni aniqladi. Toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar texnik maʼlumotlarga tayanadi, biroq har doim ham pul berilganini aniq tasdiqlay olmaydi.
MB muammolar bankomatlardan foydalanish va maʼlumotlarni saqlash talablariga rioya etilmasligi bilan bogʻliq ekanini koʻrsatib oʻtdi. Operatorlar operatsiyalar natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yozib borilishini taʼminlashi, ichki va texnik nazoratni yoʻlga qoʻyishi lozim. Shikoyatlarni koʻrib chiqishda banklar elektron jurnallar, texnik maʼlumotlar, videoyozuvlar va naqd pullarni solishtirish natijalarini inobatga olishga majbur. Regulyator taʼkidlashicha: agar talablarning bajarilmasligi bahsli tranzaksiyani xolisona baholashga toʻsqinlik qilsa, oqibatlar isteʼmolchi zimmasiga yuklanmasligi kerak.
