Oʻzbekistondagi TBC Bank va UZCARD milliy toʻlov tizimi TBC Salom UZCARD bank kartalarini chiqarish boʻyicha strategik sheriklik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladi.
Birinchi bosqichda sheriklar yaqin oylar ichida 1 mln dona karta chiqarishni va keyinchalik emissiyani kengaytirishni rejalashtirmoqda. Karta ATTO transport xizmatlari bilan integratsiya qilinadi va jamoat transportida oʻtish tariflarini qoʻllab-quvvatlaydi. Tomonlar kartalarni masofadan rasmiylashtirish va ularga xizmat koʻrsatishni tashkil etish, shuningdek, birgalikdagi marketing tashabbuslarini amalga oshirish niyatida.