TBC Bank va UZCARD toʻlov tizimi Oʻzbekiston jamoat transportida yoʻlkira toʻlash uchun integratsiyalashgan ATTO tarifiga ega qoʻshma TBC Salom UZCARD debet kartasini ishga tushirdi.
TBC Salom UZCARD kartasi UZCARD toʻlov infratuzilmasi imkoniyatlari hamda TBC Bankʼning TBC Salom debet kartasi afzalliklarini oʻzida birlashtiradi. Asosiy xususiyati — jamoat transportidagi qatnovlar uchun maxsus tarif shartlarida toʻlov qilish imkonini beruvchi oʻrnatilgan ATTO oʻtish tarifidir.