Qozogʻistonning KASE birjasini BAA va boshqa mamlakatlar bozorlari bilan bogʻlaydigan Tabadul birjalararo savdo platformasi 2026-yil oktabr oyi yakunlariga koʻra rekord koʻrsatkichlarga erishdi: umumiy savdo hajmi 5,3 mlrd BAA dirhamini (taxminan 654,1 mlrd tenge) tashkil etdi.
Platformadagi bitimlar soni 75 mingtaga yetdi. 7-oktabr kuni bir kunlik rekord savdo hajmi qayd etildi: 471 mln BAA dirhami (taxminan 58,1 mlrd tenge).
Tabadulʼdagi bitimlar tarmoqqa aʼzo birjalar, jumladan KASE oʻrtasida tuziladi. Qozogʻistonlik investorlar platformaga ulangan brokerlar orqali kirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bitimlar boʻyicha kliring va hisob-kitoblarni “KASE Kliring markazi” AJ taʼminlaydi.