Alaqan Group Limited kompaniyasi Alaqan tovar belgisining avvalroq roʻyxatdan oʻtkazilganiga tayanib, Kaspi Bank’dan kaft orqali toʻlov xizmati uchun Kaspi Alaqan nomidan foydalanishni taqiqlashni talab qilmoqda.
Ishni Ostona shahri ixtisoslashtirilgan tumanlararo iqtisodiy sudi sudya Roza Janadilova raisligida koʻrib chiqmoqda. Sud tomonidan jalb etilgan patent vakili ushbu belgilar chalkashtirib yuborish darajasida oʻxshash va xizmatlar bir-birini takrorlaydi degan xulosaga keldi, biroq yakuniy hukm hali chiqarilmagan. Kaspi Bank esa avvalroq «alaqan» soʻzi qozoq tilida oddiy soʻz boʻlib, «kaft» ma’nosini anglatishini va bu nom shunchaki toʻlov usulini tasvirlashini tushuntirib, ayblovlarni rad etgan edi.