Qozogʻistonda ipoteka uy-joy kreditlarini qayta moliyalashtirish dasturi doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga mansub qarz oluvchilarga qoʻshimcha yordam koʻrsatish muddati 2027-yil 1-sentabrgacha uzaytirildi.
Banklar maʼlumotlariga koʻra, bunday yordamga 1,5 ming qarz oluvchi muhtoj. Bu haqda Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi raisi Madina Abilkasimova ipoteka uy-joy kreditlarini qayta moliyalashtirish dasturini amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvda maʼlum qildi.