Spot.uz maʼlumotlariga koʻra, banklar milliy valyutadagi depozitlar stavkalarini pasaytirdi: iyundagi 17,6% lik eng yuqori koʻrsatkichdan soʻng oʻrtacha daromadlilik iyulda 0,1 f.p.ga va avgustda 0,3 f.p.ga tushib, 17,2% ga yetdi.
Jismoniy shaxslar uchun stavkalar avgust oyida yillik 18,4% ni tashkil etdi (iyulga nisbatan 0,5 f.p.ga va oʻtgan yilgi darajadan 3% ga past). Qisqa muddatli depozitlar soʻnggi yillardagi eng past daraja — 13,9% gacha tushdi, uzoq muddatli omonatlar esa 18% gacha pasaydi. Omonatlarning real daromadliligi (inflyatsiyani hisobga olgan holda) avgustda 7,9% ni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,3 f.p.ga pasaydi.
Valyuta depozitlarining daromadliligi ikki oylik pasayishdan soʻng may oyidagi eng yuqori daraja — yillik 5,5% ga qaytdi. Korporativ segmentda esa stavkalar 15,5% ga yetib, yil davomida 2,2% ga pasaydi.