Oʻzbekiston Markaziy banki milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha oʻrtacha nominal stavka iyuldagi 19,9% dan avgustda 20,1% gacha oshganini maʼlum qildi.
MB hisoboti maʼlumotlariga koʻra, iyul oyida stavka iyun darajasiga nisbatan 0,1 foiz bandga oʻsgan boʻlsa, avgustda yana 0,2 foiz bandga koʻtarildi. Shu bilan birga, soʻnggi bir yil ichida soʻmdagi qarz mablagʻlari oʻrtacha 1,3 foiz bandga arzonlashdi.
Uzoq muddatli qarzlar 20,1%, qisqa muddatlilari esa 20,2% bilan taklif etilmoqda. Jismoniy shaxslar uchun avgust oyidagi oʻrtacha stavka 19,8% ni, biznes uchun esa 20,3% ni tashkil etdi. Xorijiy valyutadagi uzoq muddatli qarzlar boʻyicha stavkalar soʻnggi yillarda ilk bor 11% dan oshdi.