SQB 2026-yil 1-oktyabr holatiga koʻra jismoniy shaxslarga ipoteka kreditlari ajratish faolligi boʻyicha Oʻzbekiston Markaziy banki reytingida birinchi oʻringa koʻtarildi.
Markaziy bank reytingiga koʻra, bank toʻrtinchi oʻrindan birinchi oʻringa koʻtarilib, oʻz oʻrnini uch pogʻonaga yaxshiladi. Uy-joy qurilishini moliyalashtirish boʻyicha banklar faolligi reytingida ham SQB yettinchi oʻrindan toʻrtinchi oʻringa koʻtarildi. SQB har ikkala reytingda ham oʻz mavqeini bir vaqtning oʻzida uch pogʻonaga yaxshilagan yagona bank boʻldi.