S&P Global Ratings tartibga solish va nazoratning kuchayganini qayd etib, Qozogʻiston bank tizimi xavfi koʻrsatkichini 7 balldan 6 ballgacha pasaytirdi.
Qaror 4-sentabr kuni qabul qilindi. S&P shuningdek, Qozogʻistonning iqtisodiy xavfini baholash tendensiyasini barqarordan ijobiyga oʻzgartirdi. 1 eng past xavfni bildiruvchi BICRA shkalasi boʻyicha Qozogʻiston endi Bahrayn va Ummon darajasida joylashgan. Markaziy Osiyoda Qirgʻiziston 8, Oʻzbekiston esa 9 ballik bahoga ega boʻldi. Yaxshilanish aktivlar sifatini muntazam tekshirish, xavfga yoʻnaltirilgan nazorat va chakana kreditlashdagi ortiqcha xavfni cheklash choralari, shuningdek, kapital va likvidlik ustidan nazoratning kuchaytirilishi bilan bogʻliq.
