S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi Qozogʻistonning suveren kredit reytingini «barqaror» prognozi bilan «BBB-» dan «BBB» darajasigacha koʻtardi. Mamlakat 2016-yildan beri birinchi marta ushbu darajaga yetmoqda.
S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi Qozogʻistonning suveren kredit reytingini «barqaror» prognozi bilan «BBB-» dan «BBB» darajasigacha koʻtardi. Mamlakat 2016-yildan beri birinchi marta ushbu darajaga yetmoqda. Agentlik Qozogʻiston YaIMining barqaror oʻsish istiqbollarini, salmoqli tashqi va byudjet zaxiralarini qayd etdi. S&P 2026-yilda Qozogʻiston real YaIMining 5,1 foizga oʻsishini, 2027–2029-yillarda esa 4–4,5 foizgacha sekinlashishini prognoz qilmoqda.