S&P Global Ratings xalqaro agentligi Qozogʻistonning Freedom Holding Corp kompaniyasi va uning toʻrtta asosiy tuzilmasi uzoq muddatli kredit reytinglari boʻyicha prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga oʻzgartirdi.
Shoʻba kompaniyalar reytinglari “BB-/B” darajasida tasdiqlandi, “Freedom Finance” AJ va “Freedom Bank Kazakhstan” AJning milliy reytinglari esa “kzA” darajasiga koʻtarildi. Bu soʻnggi oylarda Freedom kompaniyasiga nisbatan amalga oshirilgan ikkinchi ijobiy reyting harakatidir: 2026-yil iyun oyida S&P ularning uzoq muddatli reytinglarini “B+”dan “BB-“gacha oshirgan edi. Agentlik prognozning qayta koʻrib chiqilishini Qozogʻistonning iqtisodiy istiqbollari yaxshilangani, moliya sektori uchun xatarlar kamaygani, guruhdagi risklarni boshqarish tizimi va komplayens funksiyasi rivojlangani, shuningdek kuchli moliyaviy natijalar hamda barqaror kapitallashuv darajasi bilan bogʻlaydi.