S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi Oʻzbekistonning Kapitalbank uzoq muddatli kredit reytingini «BB-»dan «BB» darajasiga koʻtarib, uni Oʻzbekistonning suveren reytingi bilan tenglashtirdi.
Bankning qisqa muddatli kredit reytingi «B» darajasida tasdiqlandi. Reyting boʻyicha prognoz «Barqaror» darajasida belgilandi. Kapitalbankning toʻlov qobiliyati endi Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingiga mos keluvchi darajada baholandi.