S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi Qozogʻistonning Bank SentrKredit uzoq muddatli kredit reytingini BB dan BB+ ga oshirdi, qisqa muddatli reytingni B darajasida tasdiqladi hamda milliy shkala boʻyicha reytingni kzAA- dan kzAA+ ga koʻtardi.
Agentlik, shuningdek, kapital buferlarining mustahkamlanishi fonida bankning mustaqil kreditga layoqatliligi (SACP) bahosini bb dan bb+ ga oshirdi. Reytinglar boʻyicha prognoz ijobiy boʻlib qolmoqda. Mazkur qarorga Qozogʻistonning suveren reytingi oshirilishi hamda mamlakat bank sektori xatari bahosining 7 dan 6 ga yaxshilanishi asos boʻldi.