Oʻzbekiston Markaziy bankining Telegram-kanaliga tayanib berilgan maʼlumotlarga koʻra, S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi Oʻzbekistonning suveren kredit reytingini barqaror kutilma bilan BB+ darajasiga koʻtardi.
Bu mamlakat tarixidagi eng yuqori reyting hisoblanadi. BBB− investitsion darajasiga yetish uchun bir bosqich qoldi.
Agentlik Oʻzbekiston ishchi guruhi tahlilchilar bilan islohotlar natijalarini ochiq muhokama qilgani va ularning savollariga tezkorlik bilan javob berganini taʼkidladi.