S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi Qozogʻistonning «Freedom Bank Kazakhstan» AJ uzoq muddatli kredit reytinglari boʻyicha prognozini «Barqaror»dan «Ijobiy»ga qayta koʻrib chiqdi va reytinglarni «BB-/B» darajasida tasdiqladi.
Shu bilan birga, S&P bankning milliy shkala boʻyicha reytingini «kzA-»dan «kzA»ga oshirdi. Ijobiy prognoz bank reytinglarining yaqin 12 oy ichida oshirilishi mumkinligini aks ettiradi. Agentlik qarori Qozogʻistonda bank regulyatsiyasi va nazoratining izchil yaxshilanishi bilan asoslanadi. S&P shuningdek, Qozogʻiston bank sektorining sohaviy xatar bahosini «7»dan «6»ga oshirdi. Prognozning qayta koʻrib chiqilishi agentlik tomonidan 2026-yil 21-avgustda eʼlon qilingan Qozogʻiston Respublikasi suveren reytingining «BBB/A-2» darajasiga oshirilishi oqibatida yuz berdi.