@anorbank Telegram-kanalining maʼlumotlariga koʻra, reyting agentligi Oʻzbekistonning ANORBANK raqamli banki kredit reytingini CCC+ darajasiga oʻzgartirdi.
Bank barcha asosiy xizmatlar odatdagi tartibda ishlayotganini va mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajarishda davom etayotganini maʼlum qildi. ANORBANK reytingning oʻzgarishi raqamli xizmatlarni rivojlantirish va mijozlar tajribasini yaxshilash boʻyicha uning kundalik faoliyatiga taʼsir qilmasligini taʼkidladi.