Qozogʻiston moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi talab joriy qildi: endi sugʻurta kompaniyalari va agentlari mijozlarni komissiya miqdori haqida oldindan xabardor qilib, uni tenge hamda sugʻurta narxidan foiz hisobida koʻrsatishlari shart.
Agentlik raisi oʻrinbosari Nurjan Tursunxanov taʼkidlaganidek, ushbu yangilik fuqarolarga sugʻurta shartlarini yaxshiroq tushunish va eng mos sugʻurta mahsulotlarini tanlash imkonini beradi.