“Baiterek” xoldingining shoʻba kompaniyasi boʻlgan Qazaqstan Investment Corporation (QIC) va Dasco Capital maqsadli hajmi $50 mln boʻlgan Tolqyn AI Venture Fund venchur fondini tashkil etish boʻyicha strategik sheriklik toʻgʻrisida bitim imzoladi.
Fond sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar va kreativ industriya kesishmasidagi loyihalarga investitsiya kiritadi. Kapitalning yarmini Qozogʻiston, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlariga, ikkinchi yarmini esa global bozorlardagi loyihalarga yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda. Qozogʻiston fond portfelining asosiy mintaqaviy bozoriga aylanadi.
Bitimni QIC boshqaruvi raisi Didar Qarımsaqov va Dasco Capital bosh direktori Darmen Sadvakasov AI & Digital Bridge 2026 xalqaro texnologik forumida imzoladilar.