Qozogʻiston Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi muammoli ipoteka qarzlarini qayta moliyalashtirish dasturi muddatini bir yilga uzaytirdi hamda 2021–2024-yillarda kredit olgan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻshgan holda ishtirokchilar doirasini kengaytirdi.
Qoʻshimcha yordam olish uchun arizalarni qabul qilish 2027-yil 1-iyulgacha, yordam koʻrsatish esa 2027-yil 1-sentyabrgacha uzaytirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi yangi ishtirokchilar quyidagi shartlarga javob berishi kerak: uy-joy qarz oluvchi yoki uning turmush oʻrtogʻi uchun yagona boʻlishi, qarz boʻyicha toʻlov kechikishi 180 kundan oshishi, qarz qoldigʻi 50 mln tengedan koʻp boʻlmasligi va daromad kreditga amaldagi shartlarda xizmat koʻrsatishga imkon bermasligi lozim.
Dastur yuridik shaxslarning qarzlari, davlat ipoteka dasturlari hamda firibgarlik bilan bogʻliq qarzlar uchun tatbiq etilmaydi. 2004–2016-yillardagi eski qarzlarni qayta moliyalashtirishning asosiy shartlari oʻzgarishsiz qoldi.