Qozogʻiston mikromoliya tashkilotlari 2026-yilning birinchi yarmida 22,1 mlrd tenge sof foyda koʻrdi — bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 2,2 baravar kam.
Sektor daromadlari 27,7% ga qisqarib, 297,6 mlrd tengeni, xarajatlari esa 24,2% ga kamayib, 268,8 mlrd tengeni tashkil etdi. 2026-yil 1-iyul holatiga koʻra, mamlakatda jami aktivlari 1,7 trln tenge boʻlgan 213 ta MHT faoliyat yuritgan: 140 ta tashkilot foyda, 66 tasi esa zarar koʻrsatgan. 5,2 mlrd tenge natija bilan eng serdaromad tashkilot TAS Finance Group boʻldi, eng katta zarar esa Freedom Finance credit hisobida qayd etildi — minus 5,3 mlrd tenge.