ranking.kz maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻiston hayotni sugʻurtalash kompaniyalarining sof foydasi 2026-yilning birinchi yarmida oʻtgan yilning mos davridagi 88 mlrd tengedan 15,3 foizga qisqarib, 74,5 mlrd tengega yetdi.
Regulyatorlik foydasi 2025-yilning shu davridagi 44,8 mlrd tengedan 4,2 barobarga tushib, 10,7 mlrd tengeni tashkil qildi. Soliq toʻlangunga qadar olingan foyda 11 foizga kamayib, 81,5 mlrd tengega tushdi. Bozorning uchta yirik ishtirokchisi 2026-yilning birinchi yarmini zarar bilan yakunladi, biroq «Xaliq-Life» kompaniyasi regulyatorlik sof foydasini 71,9 foizga oshirib, 32,3 mlrd tengega yetkazdi.