2024-yil 1-fevraldan 2026-yil 1-noyabrgacha boʻlgan davrda «Milliy jamgʻarma – bolalarga» dasturi doirasida 435 046 nafar qozogʻistonlik umumiy qiymati qariyb 97,52 mln AQSH dollari boʻlgan maqsadli jamgʻarma toʻlovlarini oldi.
Ulardan 286 548 nafar oluvchiga uy-joy sharoitini yaxshilash uchun 63,82 mln AQSH dollaridan ortiq, 148 498 nafar oluvchiga esa taʼlim haqini toʻlash uchun 33,69 mln AQSH dollari oʻtkazib berildi.
2026-yil boshidan buyon 1-noyabr holatiga koʻra 239 649 nafar fuqaro 66,24 mln AQSH dollari miqdorida toʻlovlarni qabul qildi. Shundan 164 543 nafar qozogʻistonlikka uy-joy sharoitini yaxshilash uchun 44,39 mln AQSH dollaridan ortiq, 75 106 nafar qozogʻistonlikka esa taʼlim haqini toʻlash uchun 21,85 mln AQSH dollari oʻtkazildi.