Ozarbayjonning Pasha Bank banki kichik va oʻrta biznes uchun minimal miqdori 50 000 EUR/USD boʻlgan hamda 100% gacha moliyalashtirishni koʻzda tutuvchi Trade Finance mahsulotini ishga tushirdi.
Mahsulot akkreditivlar orqali import-eksport operatsiyalarini qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan. Moliyalashtirish xorijiy hamkorlar bilan ishlashda likvidlikni saqlab qolish va toʻlov risklarini kamaytirishga yordam beradi.
Moliyalashtirish muddati 12 oyni tashkil etadi. Mijozlar arizani Tarifim mobil ilovasi orqali onlayn topshirishlari mumkin.