Pavlodar sudi yillik 70% daromad vaʼda qilib, 515 nafar qozogʻistonlikni 3 mlrd tengaga aldagan XAS moliyaviy piramidasi tashkilotchilariga nisbatan hukm chiqardi.
Shimoliy Qozogʻiston viloyatidan boʻlgan guruh tashkilotchisi 2022–2023-yillarda jinoiy guruh tuzib, Ostona, Olmaota, Pavlodar, Ekibastuz va boshqa shaharlar aholisidan mablagʻ jalb qilgan. Sud qiymati 300 mln tengedan ortiq boʻlgan mol-mulkni, jumladan yer uchastkalari, xonadonlar va 18 ta avtomobilni musodara qildi. Hukm qonuniy kuchga kirdi.