Oʻzbekistonning “Octobank” AJ mijozlar xitoy yuani va Gonkong dollarida xalqaro toʻlovlarni yuborishi hamda qabul qilishi uchun Gonkongdagi China Construction Bank (Asia) Corporation Limited’da vakillik hisobvaraqlarini ochdi.
Yangi hisoblar “Octobank” AJning Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasidagi vakillik tarmogʻini toʻldiradi. China Construction Bank 2026-yilgi S&P Global Market Intelligence reytingida aktivlar hajmi boʻyicha dunyoda uchinchi oʻrinni egallab turgan guruh tarkibiga kiradi.
Octobank hozirda 15 ta valyutada xalqaro toʻlovlarni qoʻllab-quvvatlaydi: AQSH dollari, yevro, funt sterling, Shveysariya franki, turk lirasi, arman drami, gruzin larisi, Rossiya rubli, hind rupiyasi, Indoneziya rupiyasi, Vyetnam dongi, qirgʻiz somi, Qozogʻiston tengesi, tojik somoniysi, BAA dirhami, Saudiya riyoli, Ummon riali va Braziliya reali.