2026-yilning birinchi choragida Qozogʻiston uy xoʻjaliklarining jamgʻarma meʼyori 11,7% ni tashkil etdi — bu butun kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori koʻrsatkichdir, deb xabar berdi Milliy bank oʻzining avgust oyidagi pul-kredit siyosati boʻyicha hisobotida.
Regulyator yuqori jamgʻarma faolligini bank depozitlari boʻyicha jozibador stavkalar bilan bogʻlamoqda. 2026-yil iyul oyida depozit tashkilotlaridagi depozitlar hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20,1% ga oshdi, shu bilan birga valyuta depozitlarining ulushi tarixiy eng past daraja — 19,1% gacha pasaydi. Jismoniy shaxslarning depozit portfelida muddatli va jamgʻarma omonatlarning umumiy ulushi 2019-yil dekabridagi 8,4% dan 2026-yil iyunida 31,3% gacha oʻsdi.