Oʻzbekiston Milliy banki kompaniyalar uchun iBank internet-bankingida nomsiz metall hisobvaraqlarini ochish hamda oltin va kumushga onlayn investitsiya kiritish imkoniyatini qoʻshdi.
Yuridik shaxslar hisobvaraqni iBank tizimi orqali mustaqil ravishda ochishlari va qimmatbaho metallar bilan bogʻliq operatsiyalarni bank boʻlimiga bormasdan amalga oshirishlari mumkin. iBank internet-bankingiga Oʻzmilliybank filiallarida ulanish mumkin.