Oʻzbekiston Milliy banki oʻzining oylik maosh loyihasi ishtirokchilari hamda byudjet tashkilotlari xodimlari uchun Milliy ilovasi orqali onlayn mikroqarzlar berishni boshladi.
Qarz oluvchilar mikroqarzni bank filialiga bormasdan rasmiylashtirishlari mumkin. Shartlari: foiz stavkasi — yillik 25%, miqdori — 100 mln soʻmgacha, muddati — 60 oygacha. Hisobvaraqlardan pul mablagʻlarini olish huquqi garovi taʼminot vazifasini oʻtaydi. Arizani Milliy ilovasida topshirish lozim.