Oʻzbekiston Milliy banki oʻz kartalaridan xorijda chiqarilgan UnionPay kartalariga pul oʻtkazish imkonini beruvchi UnionPay MoneyExpress xizmatini ishga tushirdi.
Oʻtkazmalar jismoniy shaxslar oʻrtasida 84 ta mamlakat va mintaqaga, jumladan Xitoy, AQSh, Yaponiya, Singapur, Malayziya, MDH mamlakatlari, Yaqin Sharq hamda Yevropa iqtisodiy hududiga amalga oshiriladi. Komissiya toʻlovi oʻtkazma summasining 1% ini tashkil etadi, minimal miqdori esa 2 AQSh dollari.