«Qozogʻiston Respublikasi Milliy Bankining Milliy toʻlov korporatsiyasi» AJ negizida tashkil etilgan Milliy Antifrod markazi ikki yillik faoliyati davomida 180 mingdan ortiq hodisani koʻrib chiqdi, ularning 78 foizini firibgarlik, 7 foizini telefon firibgarligi va 15 foizini boshqa noqonuniy operatsiyalar tashkil etdi.
Platforma 250 dan ortiq ishtirokchini, jumladan barcha ikkinchi darajali banklarni, toʻlov va mikromoliya tashkilotlarini, davlat organlari hamda uyali aloqa operatorlarini birlashtiradi. Platformada firibgarlar, shubhali hisoblar, raqamli aktivlar va telefon raqamlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan maʼlumotlar bazalari shakllantirilgan. 2027–2031-yillarda markazlashtirilgan tahlilni, milliy toʻlov tizimlari darajasidagi tranzaksiyaviy antifrodni rivojlantirish hamda sunʼiy intellektga asoslangan agent-yordamchilarni joriy etish rejalashtirilmoqda.