Qozogʻistonning «Xalq banki» karta, Apple Pay va Google Pay orqali toʻlovlarda bonuslar hisoblashni bekor qildi — endi bonuslar faqat bank ilovasi orqali QR-kod bilan toʻlanganda beriladi.
Bank bu qarorni iyul oyida mamlakatda yagona toʻlov QR joriy etilganidan soʻng amalga oshirdi. Manba maʼlumotlariga koʻra, shu yoʻl bilan «Xalq banki» oʻz terminallari orqali tranzaksiyalar hajmini saqlab qolishga urinmoqda.