my.gov.uz davlat portalida foydalanuvchilar oʻz nomlariga rasmiylashtirilgan amaldagi bank va virtual kartalar haqida maʼlumot olishlari mumkin boʻlgan boʻlim paydo boʻldi.
«Bank kartalari» boʻlimida Oʻzbekiston tijorat banklari tomonidan chiqarilgan plastik kartalar hamda banklarning mobil ilovalari orqali ochilgan virtual kartalar koʻrsatiladi. Maʼlumotlarni koʻrish uchun foydalanuvchi portalda avtorizatsiyadan oʻtishi va tegishli boʻlimga kirishi lozim.
Yangi funksiya test rejimida ishlamoqda va faqat Oʻzbekiston hududida faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining kartalari boʻyicha maʼlumotlarni aks ettiradi.