Qozogʻistonning KASE birjasi birjaga aʼzo 13 ta broker ishtirokida “tartibga solish qumdoni” loyihasi doirasida kriptovalyutalar boʻyicha uchta ETF savdosini yoʻlga qoʻydi.
KASE Global platformasida NASDAQ roʻyxatidan oʻtgan hamda BlackRock va Volatility Shares tomonidan boshqariladigan Bitcoin, Ether va Solana ETF-lari joriy etildi. Ushbu ETF-lar boshqaruvidagi aktivlarning umumiy hajmi qariyb $55 mlrdni tashkil etadi. 2026-yil 24-iyunda savdolar ochilganidan buyon 7-sentabr holatiga koʻra, KASE birjasida “tartibga solish qumdoni” vositalari bilan umumiy qiymati taxminan $2,2 mln boʻlgan 650 ga yaqin bitim tuzildi.